Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 283 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 283 • Oʻzbekcha


وَإِنْ كُنْتُمْ عَلَىٰ سَفَرٍ وَلَمْ تَجِدُوا كَاتِبًا فَرِهَانٌ مَقْبُوضَةٌ ۖ فَإِنْ أَمِنَ بَعْضُكُمْ بَعْضًا فَلْيُؤَدِّ الَّذِي اؤْتُمِنَ أَمَانَتَهُ وَلْيَتَّقِ اللَّهَ رَبَّهُ ۗ وَلَا تَكْتُمُوا الشَّهَادَةَ ۚ وَمَنْ يَكْتُمْهَا فَإِنَّهُ آثِمٌ قَلْبُهُ ۗ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ 283
Tarjima:
Agar safarda bo`lsangiz va yozuvchi topa olmasangiz, bas, qo`lga olinadigan garov bo`lsin. Agar ba'zingiz ba'zingizga ishonsangiz, bas, ishonilgan omonatni ado qilsin, Allohga — Robbiga taqvo qilsin. Guvohlikni berkitmang! Kim uni berkitsa, uning qalbi gunohkordir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni biluvchi Zotdir. Baqara 2:283
Tafsir:
Safarda boʻlib, qarz vasiqasini yozishga kotib topa olmasangizlar, qarz olayotgan odam uni berayotgan odamga biror narsani garov qoʻyishi kifoya qiladi. Qoʻygan garovi to qarzini qaytargunicha kafil boʻlib turadi. Agar bir-birlaringizga qattiq ishonsangizlar, yozish ham, guvoh chaqirish ham, garovga narsa qoʻyish ham shart boʻlmaydi. U paytda qarz qarzdorning boʻyniga omonatga aylanadi va u Allohdan taqvo qilib, omonatga biron shikast yetkazmasdan egasiga qaytarishi vojib boʻladi. Qarzdor qarzidan tonsa, guvoh guvohligini qilishi shart. Guvohlik qilishdan bosh tortib, boʻlgan qarz muomalasini yashirgan odam qalbi buzuq, gunohkor, osiydir. Alloh qilgan ishlaringizni koʻrib-bilib turguvchidir. Hech narsa U Zotdan yashirin qolmaydi. Yaqinda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 282 Keyingi Baqara • Oyat 284