Ey, iymon keltirganlar! Ma'lum muddatga qarz oldi-berdi qilgan vaqtingizda, uni yozib qo`ying. Orangizda bir yozuvchi adolat bilan yozsin. Hech bir yozuvchi Alloh bildirganidek qilib yozishdan bosh tortmasin. Bas, yozsin va haq zimmasiga tushgan kishi aytib tursin, Robbiga taqvo qilsin va undan hech narsani kamaytirmasin. Agar haq zimmasiga tushgan kishi esi past, zaif yoki aytib tura olmaydigan bo`lsa, uning valiyi adolat bilan aytib tursin. Erkaklaringizdan ikki kishini guvoh qiling. Agar ikki er kishi bo`lmasa, o`zingiz rozi bo`ladigan guvohlardan bir er kishi va ikki ayol kishi bo`lsin. Ikkovi(ayol)dan birortalari adashsa, birlari boshqalarining esiga soladi. Va chaqirilgan vaqtda guvohlar bosh tortmasinlar. Kichik bo`lsa ham, katta bo`lsa ham, muddatigacha yozishingizni malol olmang. Shundoq qilmog`ingiz, Allohning huzurida adolatliroq, guvohlikka kuchliroq va shubhalanmasligingiz uchun yaqinroqdir. Magar oralaringizda yurib turgan naqd savdo bo`lsa, yozmasangiz ham, sizga gunoh bo`lmas. Oldi-sotdi qilganingizda, guvoh keltiring va yozuvchi ham, guvoh ham zarar tortmasin. Agar (aksini) qilsangiz, albatta, bu fosiqligingizdir. Allohga taqvo qiling. Va Alloh sizga ilm beradir. Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir.
Al-Baqarah 2:282 ⧉