Allohga qaytariladigan kuningizdan qo`rqing. So`ngra, har bir jon qilganiga yarasha to`liq oladur. Ularga zulm qilinmas. Al-Baqarah 2:281 ⧉
Tafsir:
Hammangiz Allohga qaytariladigan va Uning qoʻl ostida turadigan kunning azobidan qoʻrqingiz! Keyin har bir jon qilgan yaxshi yoki yomon amalining jazo yoki mukofotini toʻla-toʻkis oladi. Yaxshiliklarining savobini kamaytirish yoki yomonliklari uchun ziyodaroq azob berish bilan zulm qilinmaydilar.