Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 30 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 30 • Oʻzbekcha


وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَائِكَةِ إِنِّي جَاعِلٌ فِي الْأَرْضِ خَلِيفَةً ۖ قَالُوا أَتَجْعَلُ فِيهَا مَنْ يُفْسِدُ فِيهَا وَيَسْفِكُ الدِّمَاءَ وَنَحْنُ نُسَبِّحُ بِحَمْدِكَ وَنُقَدِّسُ لَكَ ۖ قَالَ إِنِّي أَعْلَمُ مَا لَا تَعْلَمُونَ 30
Tarjima:
Esla, vaqtiki Robbing farishtalarga: «Men yer yuzida xalifa qilmoqchiman», – dedi. Ular: «Unda fasod qiladigan, qon to`kadigan kimsani qilmoqchimisan? Va holbuki, biz Senga tasbih, hamd aytib va Seni ulug`lab turibmiz», – dedilar. U: «Men siz bilmaganni bilaman», – dedi. Al-Baqarah 2:30
Tafsir:
Alloh taolo farishtalarga, yer yuzida oʻzidan koʻpayadigan, nasl qoldiradigan va Allohga itoat qilish orqali zaminni obodonlashtiradigan insoniyatni yaratishini aytdi. Farishtalar esa bu ishning ostidagi manoni, hikmatni tushuna olmaganlaridan aniqlashtirib olish uchun, axir ular yer yuzida buzgʻunchilik qiladilar-ku, nohaq qonlar toʻkadilar-ku, Senga har qancha itoat qilish, hamd aytish, tasbeh aytish va Seni har qancha ulugʻlash boʻlsa, mana, biz turibmiz-ku, deyishdi. Shunda Alloh ularga javoban, bu ishning ostidagi men bilgan oliy hikmatlarni va buyuk gʻoyalarni sizlar bilmaysizlar, dedi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 29 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 31