Va U Odamga ismlarning barchasini o`rgatdi, so`ngra ularni farishtalarga ro`baro` qildi. Keyin: «Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, anavilarning ismlarini menga aytib bering», – dedi. Al-Baqarah 2:31 ⧉
Tafsir:
Odam alayhissalomning martabasini bildirib qoʻyish uchun Alloh taolo u kishiga jonli, jonsiz narsalarning nomlarini va bu nomlar qanday mano anglatishini oʻrgatib, ortidan farishtalarga: "Oʻzlaringizni mana bu maxluqdan mukarram va afzal bilayotgan boʻlsangizlar, mana bu narsalarning nomlarini aytib beringlar-chi?", dedi.