Ular: «O`zing poksan! Bizda Sen bildirgandan boshqa ilm yo`q. Albatta, Sening O`zing biluvchisan va hikmatli Zotsan», – dedilar. Al-Baqarah 2:32 ⧉
Tafsir:
Farishtalar oʻz nuqsonlarini tan olib, hamma fazl Allohniki ekanini etirof etib, Pok Parvardigoro, Sening hukming va shariatingga etiroz bildirishga haddimiz sigʻmaydi, chunki Ulugʻsan va har qanday nuqsondan poksan, bizga Oʻzing oʻrgatganingdan boshqa narsani bilmaymiz, hamma-hamma narsani biladigan, hamma ishni hikmat bilan joy-joyiga qoʻyib qiladigan zot Oʻzingsan, deyishdi.