Va: «Ey Odam, sen o`z jufting ila jannatda maskan top. Unda nimani xohlasalaringiz, yenglar, osh bo`lsin va mana bu daraxtga yaqin kelmanglar, bas, u holda zolimlardan bo`lasizlar», – dedik. Baqara 2:35 ⧉
Tafsir:
"Ey Odam, jufting Havo bilan jannatda turaveringlar, undan istaganinglarcha bemalol tanovul qilaveringlar, osh boʻlsin, faqat mana bu daraxtdan tanovul qilish man qilingan, unga yaqinlashmanglar, yaqinlashsangizlar, buyruqqa boʻysunmaganingiz tufayli zolimlar safiga oʻtib qolasizlar", dedik.