Shayton ularni undan ozdirdi va bo`lgan narsalaridan chiqardi. Va Biz: «Ba'zingiz ba'zingizga dushman bo`lib tushinglar, sizlarga yer yuzida qarorgoh va bir muddat huzur qilish bordir», – dedik. Al-Baqarah 2:36 ⧉
Tafsir:
Shayton ularni tinimsiz vasvasa qilaverdi. Oxiri ular yoʻldan ozib, Alloh man qilgan daraxtdan tanovul qildilar. Buning jazosi oʻlaroq, oʻzlari yashayotgan joylaridan - jannatdan quvildilar. Alloh ularga va shaytonga: "Yerga tushinglar, endi sizlar bir-biringizga dushmansiz va to ajalingiz yetib, qiyomat qoim boʻlguniga qadar uni maskan tutib yashaysiz, undagi nematlardan bahramand boʻlasiz", dedi.