Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 37 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 37 • Oʻzbekcha


فَتَلَقَّىٰ آدَمُ مِنْ رَبِّهِ كَلِمَاتٍ فَتَابَ عَلَيْهِ ۚ إِنَّهُ هُوَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ 37
Tarjima:
Bas, Odam o`z Robbisidan so`zlarni qabul qilib oldi, keyin U Zot uning tavbasini qabul qildi. Albatta, U tavbani qabul qiluvchi va rahimli Zotdir. Al-Baqarah 2:37
Tafsir:
Odam alayhissalom Alloh taolo yuborgan soʻzlarni qabul qildi. Yani, Alloh uning qalbiga qanday duo qilishi ilhomini soldi. Bu mano Allohning tubandagi oyatida ham zikr qilingan: "Ular (Odam va Havo), Parvardigoro, biz oʻzimizga zulm qildik. Agar Sen bizni kechirmasang va bizga rahm qilmasang, ziyon koʻrguvchilardan boʻlib qolishimiz muqarrar". (Arof surasi, 23-oyat) Keyin Alloh uning tavbasini qabul qildi va uni kechirdi. Zero, har qanday nuqsondan pok Alloh bandalarining tavbalarini qabul qiladigan, ularga Mehribon Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 36 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 38