Biz: «Undan hammangiz tushing. Bas, Mendan sizga hidoyat kelajak. Kim Mening hidoyatimga ergashsa, ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar», – dedik. Al-Baqarah 2:38 ⧉
Tafsir:
Ularga, hammalaringiz jannatdan yerga tushinglar, sizlarga paygʻambarlarim orqali hidoyat borganida, hidoyatimga ergashib, paygʻambarlarimga iymon keltirganlarga oxiratda hech qanday xavf-xatar yoʻq va ular dunyoda yoʻqotgan narsalari uchun xafa boʻlmaslar, dedik.