Ahdu paymonlaringizni olganimizni va ustingizga Turni ko`targanimizni, «Biz sizga bergan narsani quvvat bilan oling va undagi narsani eslang, shoyadki, taqvodor bo`lsangiz», (deganimizni) eslang. Al-Baqarah 2:63 ⧉
Tafsir:
Sizdan Allohga va paygʻambarlariga iymon keltirish haqida ahdu paymon olganimizni hamda ahdga vafo qilmaslik oqibati yomon boʻlishidan ogohlantirish uchun ustingizga Tur togʻini koʻtarib qoʻyganimizni va sizlarga nozil qilganimiz Tavrotni dangasalik, loqaydlik qilmasdan, qattiq, jiddu jahd bilan ushlashga va undagi gaplarni yodlab, tadabbur qilishga buyurganimizni eslang. Shoyad shundan keyin Allohning azobidan qoʻrqadigan boʻlib qolsangiz.