Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 62 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 62 • Oʻzbekcha


إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَالَّذِينَ هَادُوا وَالنَّصَارَىٰ وَالصَّابِئِينَ مَنْ آمَنَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ وَعَمِلَ صَالِحًا فَلَهُمْ أَجْرُهُمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ 62
Tarjima:
Albatta, iymon keltirganlar, yahudiy bo`lganlar, nasorolar va sobiiylardan, qaysilari Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, o`shalarga Robbilari huzurida ajrlar bordir. Ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar. Baqara 2:62
Tafsir:
Shu ummatdan boʻladimi, Muhammad alayhissalom paygʻambar boʻlib yuborilishidan oldin oʻtgan yahudiy, nasroniy, sobiiy ummatlaridan boʻladimi, qaysi biri Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, savobini Parvardigorining oʻzi beradi. Oxiratda ularni nima kutayotganidan qoʻrqmaydilar va bu dunyoda qoʻllaridan chiqib ketgan narsaga xafa boʻlmaydilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 61 Keyingi Baqara • Oyat 63