«Ey Muso, bir xil taomga hech chiday olmaymiz, Robbingga duo qil, bizga yerda o`sadigan narsalardan — sabzavot, tarra, sarimsoq, mosh, piyoz chiqarib bersin», deganingizni eslang. U: «Yaxshi narsani past narsaga almashtirishni so`raysizlarmi? Birorta shaharga tushing, so`raganingizni albatta topasiz», dedi. Ularga xorlik va miskinlik yozildi va Allohning g`azabiga loyiq bo`ldilar. Bu, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, Nabiylarni nohaq qatl etganlari uchundir. Bu, isyonga ketganlari va haddan oshganlari uchundir.
Al-Baqarah 2:61 ⧉