Ular: «Robbingga duo qil, uning rangini bayon qilib bersin», dedilar. U: «U Zot, rangi sap-sariq, qaraganlarni xursand qiladigan sigir, deyapti», – dedi. Al-Baqarah 2:69 ⧉
Tafsir:
Ular sarkashlik va tortishishda davom etib, Muso alayhissalomga, Parvardigoringga duo qilib, uning rangi qanday boʻlishini soʻrab ber, deyishdi. Shunda Muso alayhissalom, u sap-sariq, koʻrgan odamning koʻzi quvonadigan sigir, deb javob berdi.