Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 87 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 87 • Oʻzbekcha


وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ وَقَفَّيْنَا مِنْ بَعْدِهِ بِالرُّسُلِ ۖ وَآتَيْنَا عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ الْبَيِّنَاتِ وَأَيَّدْنَاهُ بِرُوحِ الْقُدُسِ ۗ أَفَكُلَّمَا جَاءَكُمْ رَسُولٌ بِمَا لَا تَهْوَىٰ أَنْفُسُكُمُ اسْتَكْبَرْتُمْ فَفَرِيقًا كَذَّبْتُمْ وَفَرِيقًا تَقْتُلُونَ 87
Tarjima:
Va batahqiq, Musoga kitobni berdik va uning ortidan Payg`ambarlarni ketma-ket yubordik. Va Iyso ibn Maryamga ravshan(mo`'jiza)larni berdik va uni Ruhul Qudus bilan qo`lladik. Har qachon Payg`ambar sizning havoyi nafsingizga yoqmaydigan narsa keltirsa, mutakabbirlik qilib, ba'zilarini yolg`onchiga chiqarib, ba'zilarini o`ldiraverasizmi?! Al-Baqarah 2:87
Tafsir:
Musoga Tavrotni berib, ortidan bir necha paygʻambarlarni ergashtirdik. Iyso ibn Maryamga esa oʻliklarni tiriltirish, tugʻma koʻr va moxovlarni davolash kabi paygʻambarligini tasdiqlovchi oyat-alomatlarni ato etdik va uni Jabroil alayhissalom bilan qoʻllab-quvvatladik. Ey Bani Isroil, sizlarga Allohning paygʻambarlari havoyi nafsingizga toʻgʻri kelmaydigan hukmlarni olib kelganida kibrlanib, ulardan bir guruhini yolgʻonchiga chiqarib, boshqasini esa oʻldirib yuboraverasizlarmi?
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 86 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 88