Va ular: «Qalbimiz g`iloflangan», deyishar. Yo`q, unday emas, kufrlari sababli Alloh ularni la'natlagan. Bas, ozginagina iymon keltirurlar. Al-Baqarah 2:88 ⧉
Tafsir:
Yahudiylarning Muhammad alayhissalomga ergashmasliklariga hujjatlari "Qalblarimiz qulflangan, sen aytayotgan gaplar ularga yetib bormaydi, ular tushunmaydilar", degan gaplari boʻlgan. Aslida esa holat unday emas. Aslida, Alloh ularni kofirliklari tufayli Oʻz rahmatidan quvgan edi. Shu bois ular, Alloh nozil qilgan vahiyning juda oz qismigagina iymon keltirgandilar.