Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 91 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 91 • Oʻzbekcha


وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ آمِنُوا بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ قَالُوا نُؤْمِنُ بِمَا أُنْزِلَ عَلَيْنَا وَيَكْفُرُونَ بِمَا وَرَاءَهُ وَهُوَ الْحَقُّ مُصَدِّقًا لِمَا مَعَهُمْ ۗ قُلْ فَلِمَ تَقْتُلُونَ أَنْبِيَاءَ اللَّهِ مِنْ قَبْلُ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ 91
Tarjima:
Agar ularga: «Alloh tushirgan narsaga iymon keltiring», deyilsa, «Bizga tushirilgan narsaga iymon keltiramiz», derlar va undan keyingi narsaga kufr keltirarlar. Holbuki, u ulardagi narsani tasdiqlovchi haqdir. Ayt: «Agar mo`min bo`lsangiz, nimaga ilgari Allohning Payg`ambarlarini o`ldirdingiz?!» Baqara 2:91
Tafsir:
Yahudlarga, Alloh shu paygʻambariga nozil qilgan haqiqat va hidoyatga iymon keltiringlar, deyilsa, oʻzimizning paygʻambarlarimizga nozil qilganigagina iymon keltiramiz, deydilar va Muhammad alayhissalomga nozil qilingan haqiqatni inkor qiladilar. Holbuki, Quron Alloh tarafidan oldin nozil boʻlgan barcha ilohiy kitoblarga muvofiq keladigan bir haqiqatdir. Agar ular haqiqatan oʻzlariga nozil qilingan haqiqatga ishonganlarida Quronga ham ishongan boʻlardilar. Ey Muhammad alayhissalom, ularga aytingki, agar rostdan ishongan boʻlsangizlar, u holda nima uchun oʻsha oldingi paygʻambarlarni oʻldirdingizlar?
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 90 Keyingi Baqara • Oyat 92