Kim Allohga, Uning farishtalariga, Payg`ambarlariga, Jabroilga va Mikoilga dushman bo`lsa, albatta, Alloh kofirlarning dushmanidir. Baqara 2:98 ⧉
Tafsir:
Kim Allohga, Uning maloikalariga, paygʻambarlariga, Jabroil va Mekoildek muqarrab farishtalariga dushman boʻlsa, Alloh bunday kofirlarga sizlardan yoki boshqalardan boʻlishidan qati nazar, dushmandir! Kimning dushmani Alloh boʻlsa, uning magʻlub boʻlishi muqarrardir!