Batahqiq, senga ravshan oyatlarni tushirdik, ularga faqat fosiqlargina kufr keltirur. Baqara 2:99 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, Biz sizga siz olib kelgan vahiy va paygʻambarlikning haqligini tasdiqlovchi ochiq-oydin oyat-alomatlar nozil qildik. Bu qadar ochiq, ravshan, aniq koʻrinib turgan alomatlarga Allohning dinidan qaytganlargina kufr keltiradilar.