Har qachon ahd qilsalar, ulardan bir guruhi uni buzaveradimi?! Yo`q! Ularning ko`plari iymon keltirmaslar. Al-Baqarah 2:100 ⧉
Tafsir:
Yahudlarning eng yomon qiliqlaridan biri qachon ahdlashsalar, ahdlarini buzaverganlar. Jumladan, ular Tavrotga iymon keltirishga ahd qilganlar. Muhammad alayhissalomning pagʻambarligi Tavrotda oʻz tasdigʻini topgach, ulardan bir guruhi shu ahdini buzdilar. Ularning boʻlgani shu. Aksari Alloh nozil qilgan haqiqatga iymon keltirmaydilar. Zero, iymon ahdga vafoni taqozo etadi.