Ahlingni namozga amr et va o`zing unga sabr qil. Biz sendan rizq so`ramasmiz. Biz senga rizq beramiz. Oqibat taqvonikidir. Toha 20:132 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, oilangizni namozni ado etishga buyuring. Uni ado etishda oʻzingiz ham sabrli boʻling. Biz sizdan oʻzingiz uchun ham, boshqalar uchun ham rizq talab qilmaymiz. Aksincha, Biz Oʻzimiz sizni rizq bilan taminlaymiz. Shu dunyoda ham, oxiratda ham goʻzal oqibat Allohdan qoʻrqadigan, U Zotning buyruqlarini bajarib, taqiqlaridan tiyiladigan taqvodorlarnikidir.