Ular: «U bizga Robbidan mo`'jiza keltirsa edi», derlar. Axir, ularga avvalgi sahifalardagi narsalarning bayonoti kelmadimi? Ta-Ha 20:133 ⧉
Tafsir:
Paygʻambar alayhissalomni yolgʻonga chiqargan anavi kofirlar: "Muhammad Parvardigori tarafidan oʻzinig rost gapirayotganiga va chin paygʻambar ekaniga bir belgi-alomat olib kelsa boʻlmasmikan", deyishdi. Bu kazzoblarga oldingi samoviy kitoblarni tasdiq etadigan Quron kelmadimi?