Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ta-Ha — Oyat 134 (Oʻzbekcha) — Video

Ta-Ha • Oyat 135 dan 134 • Oʻzbekcha


وَلَوْ أَنَّا أَهْلَكْنَاهُمْ بِعَذَابٍ مِنْ قَبْلِهِ لَقَالُوا رَبَّنَا لَوْلَا أَرْسَلْتَ إِلَيْنَا رَسُولًا فَنَتَّبِعَ آيَاتِكَ مِنْ قَبْلِ أَنْ نَذِلَّ وَنَخْزَىٰ 134
Tarjima:
Agar Biz ularni u(kelishi)dan oldin azob-la halok qilganimizda edi, albatta: «Ey Robbimiz, bizga Payg`ambar yuborganingda edi, xoru zor va sharmanda bo`lishimizdan oldin oyatlaringga ergashgan bo`lar edik», derdilar. Ta-Ha 20:134
Tafsir:
Biz Paygʻambar alayhissalomni yolgʻonga chiqargan anavi kazzoblarni ularga bir paygʻambar yubormasdan, bir kitob nozil qilmasdan jazolaganimizda Qiyomat kuni oʻzlarini uzrli koʻrsatib: "Parvardigoro, bizga u dunyoda bir paygʻambar yuborganingda edi, unga iymon keltirgan va koʻrsatmalariga amal qilgan boʻlar edik hamda azobingga giriftor boʻlib, xor-zor boʻlmas edik", degan boʻlardilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ta-Ha • Oyat 133 Keyingi Ta-Ha • Oyat 135