Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ta-Ha — Oyat 40 (Oʻzbekcha) — Video

Ta-Ha • Oyat 135 dan 40 • Oʻzbekcha


إِذْ تَمْشِي أُخْتُكَ فَتَقُولُ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَىٰ مَنْ يَكْفُلُهُ ۖ فَرَجَعْنَاكَ إِلَىٰ أُمِّكَ كَيْ تَقَرَّ عَيْنُهَا وَلَا تَحْزَنَ ۚ وَقَتَلْتَ نَفْسًا فَنَجَّيْنَاكَ مِنَ الْغَمِّ وَفَتَنَّاكَ فُتُونًا ۚ فَلَبِثْتَ سِنِينَ فِي أَهْلِ مَدْيَنَ ثُمَّ جِئْتَ عَلَىٰ قَدَرٍ يَا مُوسَىٰ 40
Tarjima:
O`shanda opang yurib borib: «Uni kafillikka oladiganlarga dalolat qilaymi?» – degan edi. Bas, Biz seni ko`zi quvonishi va xafa bo`lmasligi uchun onangga qaytardik. Va bir jonni o`ldirding. Bas, Biz seni g`amdan qutqardik va turli sinovlar ila sinadik. So`ngra, Madyan ahli ila yillarcha qolding va taqdirga binoan kelding, ey Muso! Ta-Ha 20:40
Tafsir:
Opang sandiq qayoqqa qarab oqsa, oʻsha tarafga qarab boraverdi. Keyin uni tutib olganlarga: "Uni emizib, katta qilib beradigan ayolni koʻrsataymi?", dedi. Shu bilan gʻamgin boʻlmasin, koʻzlari quvonsin deb, seni onangga qaytarib berdik. Voyaga yetgach, bir qibtiyni urib oʻldirib qoʻyding. Shunda ham seni jazodan asrab qoldik. Ketma-ket kelgan imtihonlardan eson-omon oʻtib olishingga muvaffaq qildik. Yurtdan chiqib ketib, bir necha yil Madyanda qolib ketding. Keyin yana taqdir taqozo qilgan paytda bu yerga kelding, ey Muso.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ta-Ha • Oyat 39 Keyingi Ta-Ha • Oyat 41