Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ta-Ha — Oyat 39 (Oʻzbekcha) — Video

Ta-Ha • Oyat 135 dan 39 • Oʻzbekcha


أَنِ اقْذِفِيهِ فِي التَّابُوتِ فَاقْذِفِيهِ فِي الْيَمِّ فَلْيُلْقِهِ الْيَمُّ بِالسَّاحِلِ يَأْخُذْهُ عَدُوٌّ لِي وَعَدُوٌّ لَهُ ۚ وَأَلْقَيْتُ عَلَيْكَ مَحَبَّةً مِنِّي وَلِتُصْنَعَ عَلَىٰ عَيْنِي 39
Tarjima:
«Uni tobutga sol, uni esa, daryoga tashla. Daryo uni sohilga otsin. Uni Mening dushmanim va uning dushmani oladi», dedik. Va senga O`zimdan muhabbat soldim. Buni Mening ko`z oldimda yetishtirilishing uchun (qildim). Ta-Ha 20:39
Tafsir:
Biz onaga ilhom berib, endigina tugʻilgan chaqaloqni sandiqqa solib, daryoga otishni buyurdik. Toki, daryo Bizning amrimiz ila uni sohilga eltsin. Keyin uni Mening ham, uning ham dushmani boʻlmish Firavn tutib olsin. Ey Muso, sening ustingga Oʻzim tarafimdan bir muhabbat qoʻydim. Toki, odamlar seni yaxshi koʻrib qolsinlar va Mening hifzu himoyam ostida unib-oʻsgin.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ta-Ha • Oyat 38 Keyingi Ta-Ha • Oyat 40