U zot ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Ular faqat U zot rozi bo`lgan shaxslargagina shafoat qilurlar. Ular U zotning qo`rqinchidan titragan holda tururlar. Anbiyo 21:28 ⧉
Tafsir:
Alloh ularning oldin qilib oʻtgan ishlaridan ham, endi qiladigan ishlaridan ham voqifdir. Alloh rozilik bergan kimsanigina shafoat qilib, Allohdan uning aybini kechirishini soʻray oladilar. Ular Allohdan qoʻrqqanlaridan oʻta ehtiyotkorlik bilan ish qiladilar. U Zotning bironta buyrugʻi yoki taqiqini oʻtkazib yubormaydilar, albatta, ijro etadilar.