Ulardan kim: «Men Undan o`zga ilohman», desa, bas, o`shani jahannam ila jazolarmiz. Zolimlarni shunday jazolarmiz. Anbiyo 21:29 ⧉
Tafsir:
Farazan farishtalardan biri: "Men Allohdan boshqa yana bir ilohman", desa, uning shu gapi uchun Qiyomat kuni doʻzax bilan jazolaymiz. U yerda abadiy qoladi. Kufru shirk ila oʻziga oʻzi zulm qilganlarni ana shunday jazolaymiz.