Va osmonni saqlangan shift qilib qo`ydik. Ular esa, Uning alomatlaridan yuz o`girguvchi bo`lmoqdalar. Al-Anbiya 21:32 ⧉
Tafsir:
Osmonni qulab tushmaydigan, yonib ketmaydigan ustunsiz, tayanchsiz shift qilib qoʻydik. Mushriklar esa samodagi quyosh va oy kabi belgilardan yuz oʻgiryaptilar, ulardan ibrat olmayaptilar.