Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Anbiyo — Oyat 33 (Oʻzbekcha) — Video

Anbiyo • Oyat 112 dan 33 • Oʻzbekcha


وَهُوَ الَّذِي خَلَقَ اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ ۖ كُلٌّ فِي فَلَكٍ يَسْبَحُونَ 33
Tarjima:
U kechayu kunduzni, quyoshu oyni yaratgan Zotdir. Hammasi falakda suzmoqdalar. Anbiyo 21:33
Tafsir:
Dam olish uchun kechani yaratgan ham, tirikchilik oʻtkazish uchun kunduzni yaratgan ham, kunning kunligini koʻrsatib turadigan quyoshni yaratgan ham, tunning tunligini koʻrsatib turadigan oyni yaratgan ham yolgʻiz Allohdir. Hammalari oʻziga xos bir falakda suzib yuradilar. Qilcha ham chetga chiqib ketmaydilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Anbiyo • Oyat 32 Keyingi Anbiyo • Oyat 34