Yoki ularning Bizdan o`zga himoya qiladigan «xudo»lari bormi? Ular o`zlariga ham yordam berishga qodir bo`la olmaslar va Bizdan do`stlik topmaslar. Al-Anbiya 21:43 ⧉
Tafsir:
Yoki ularni Bizning azobimizdan himoya qiladigan xudolari bormi? Oʻsha xudolari oʻzlariga oʻzlari ham yordam bera olmaydlir. Oʻzlariga foyda ham keltira olmaydilar, oʻzlaridan zararni ham daf qila olmaydilar. Oʻziga yordam bera olmagan boshqaga qayoqdan yordam bersin! Ular Bizning azobimizdan ham himoya qilinmaslar.