Balki, Biz ularni va ota-bobolarini bahramand qildik, hatto, ularga umr uzun ko`rindi. Ular yerga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni ko`rmaydilarmi?! Folib kelguvchi ularmi? Al-Anbiya 21:44 ⧉
Tafsir:
Aslo! Oʻsha kofirlarning oʻzlarini ham, ota-bobolarini ham turli xil nematlardan Biz bahramand etdik. Bu ishimiz istidroj, yani, gunohlarini yanada koʻpaytirishlari va koʻproq azobga loyiq boʻlishlari uchun arqonni uzun tashlab qoʻyish edi. Uzoq vaqt oʻtishi bilan shunga aldanib, kofirliklarida qotib qoldilar. Anavi nematlarimizga aldanib, azobni shoshiltirayotganlar Bizning zaminni atroflaridan qisqartirayotganimizni koʻrmayaptilarmi? Shundan ibrat olmaydilarmi? Boshqalarning boshiga kelgan kulfat ularning ham boshiga kelib qolishi haqida oʻylamaydilarmi? Axir ular gʻolib emas, magʻlub boʻladilar-ku!