Sulaymonga shamolni qattiq esuvchi qilib berdik. U (shamol) ni uning amri ila, Biz barakali qilgan yerga esadigan qilib qo`ydik. Barcha narsani bilguvchi bo`ldik. Al-Anbiya 21:81 ⧉
Tafsir:
Sulaymonga esa qattiq esadigan shamolni boʻysundirib berdik. U Sulaymonning amri bilan Biz paygʻambarlarni yuborish va koʻp yaxshiliklar ato etish ila muborak qilgan Shom taraflarga qarab esadi. Biz hamma narsani Bilguvchidirmiz. Hech narsa Bizdan yashirin qola olmas.