Va shaytonlardan unga g`avvoslik qiladiganlarni va bundan boshqa amallarni bajaradiganlarni bo`ysundirib qo`ydik. Biz ularni muhofaza qilguvchi bo`ldik. Anbiyo 21:82 ⧉
Tafsir:
Shaytonlardan dengizga shoʻngʻib, dur-gavharlarni olib chiqadiganlarini ham, undan boshqa qurilish kabi ishlarni bajaradiganlarini ham boʻysundirib berdik. Ularning sonini ham, ishlarini ham nazorat qilib turdik. Biron narsa etiborimizdan chetda qolmadi.