Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Anbiyo — Oyat 90 (Oʻzbekcha) — Video

Anbiyo • Oyat 112 dan 90 • Oʻzbekcha


فَاسْتَجَبْنَا لَهُ وَوَهَبْنَا لَهُ يَحْيَىٰ وَأَصْلَحْنَا لَهُ زَوْجَهُ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا يُسَارِعُونَ فِي الْخَيْرَاتِ وَيَدْعُونَنَا رَغَبًا وَرَهَبًا ۖ وَكَانُوا لَنَا خَاشِعِينَ 90
Tarjima:
Bas, Biz uni (duosini) ijobat etdik va unga Yahyoni hadya qildik hamda juftini o`nglab qo`ydik. Albatta, ular yaxshiliklarga shoshilishar edi va Bizga rag`bat ila va qo`rqib duo qilishar edi. Ular Bizga ta'zim ila bo`yinsunuvchi edilar. Anbiyo 21:90
Tafsir:
Uning duosini ijobat aylab, unga bir farzandni - Yahyoni ato etdik. Tugʻmas ayoliga shifo berdik va u farzand koʻrdi. Zakariyo ham, uning ayoli ham, oʻgʻli ham ezgu ishlarga oshiqadigan, Bizning savobimizni umid qilib, duo qiladigan, azobimizdan qoʻrqadigan, doim Bizga iltijo etadigan solih bandalar boʻldilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Anbiyo • Oyat 89 Keyingi Anbiyo • Oyat 91