Farjini pok saqlagan ayolni esla. Biz unga O`z ruhimizdan pufladik. Uni va uning o`g`lini olamlarga oyat-belgi qildik. Al-Anbiya 21:91 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Maryam alayhissalomning qissasini eslang. U oʻz nomusini zinodan saqladi. Alloh unga Jabroil alayhissalomni yubordi va u pufladi. Shu bilan Iyso alayhissalomga homilador boʻldi. Uning oʻzi ham, oʻgʻli ham odamlarga Allohning qudratini, har ishga qodir ekanini, otasiz ham yarata olishini namoyish etuvchi bir eslatma-ibrat boʻldilar.