Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Haj — Oyat 25 (Oʻzbekcha) — Video

Haj • Oyat 78 dan 25 • Oʻzbekcha


إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا وَيَصُدُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ وَالْمَسْجِدِ الْحَرَامِ الَّذِي جَعَلْنَاهُ لِلنَّاسِ سَوَاءً الْعَاكِفُ فِيهِ وَالْبَادِ ۚ وَمَنْ يُرِدْ فِيهِ بِإِلْحَادٍ بِظُلْمٍ نُذِقْهُ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ 25
Tarjima:
Kufr keltirganlar va Allohning yo`lidan hamda yerli va chetdan kelgan odamlar uchun barobar qilib qo`yganimiz Masjidul Haromdan to`sganlarga va u yerda kim zulm ila yanglish yo`lga burilishni iroda qilsa, unga alamli azobni tottirurmiz. Haj 22:25
Tafsir:
Allohga kufr keltirgan, boshqalarni Islomga kirishiga toʻsqinlik qiladigan, Hudaybiya yilidagi mushriklar kabi odamlarni Masjidul-Haromdan toʻsadigan badbaxtlarga alamli azobni tottiramiz. Biz bu masjidni odamlarning namozlari uchun qibla, haj va umradagi ibodatlari uchun esa ibodatgoh qilib qoʻyganmiz.Bu ishda makkalik boʻladimi, chetdan kelgan musofir boʻladimi, farqi yoʻq. Kim haqdan yuz oʻgirib, qasddan gunohga ruju qilsa, unga alamli azobni tottiramiz.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Haj • Oyat 24 Keyingi Haj • Oyat 26