Biz Ibrohimga Baytning joyini belgilab berib: «Menga hech narsani sherik qilma, Baytimni tavof qilguvchilar, (ibodatda) qoim turguvchilar hamda ruku', sujud qilguvchilar uchun poklagin. Al-Hajj 22:26 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, eslang! Ibrohim alayhissalom uyni qayerga qurishni bilmayotgan edi. Biz unga quriladigan joyni va uning hududini belgilab berdik. Keyin unga, ibodat qilishda Menga hech kimni, hech narsani sherik qilma, yolgʻiz Oʻzimgagina ibodat qil, tavof qiluvchilar va namozxonlar uchun uyimni moddiy va manaviy najaslardan pokla, deb vahiy qildik.