Allohga bo`lgan iymondan og`mang, unga shirk keltirguvchi bo`lmang. Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u go`yoki osmondan qulab tushgan-u, uni yirtqich qush olib qochgan yoki uni shamol uzoq yerga uchirib ketgan kabidir. Al-Hajj 22:31 ⧉
Tafsir:
Alloh sizlarga Oʻzi rozi boʻlib bergan dinidan boshqa hamma dinlardan yiroq boʻlinglar. Allohga hech kimni sherik qilmanglar. Kim Allohga shirk keltirsa, u xuddi samodan qulagan va uni yo bir yirtqich qush oʻlja qilib olgan yoki shamol uzoq-uzoqlarga uchirib ketgan odam kabi boʻlib qoladi.