Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Hajj — Oyat 30 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Hajj • Oyat 78 dan 30 • Oʻzbekcha


ذَٰلِكَ وَمَنْ يُعَظِّمْ حُرُمَاتِ اللَّهِ فَهُوَ خَيْرٌ لَهُ عِنْدَ رَبِّهِ ۗ وَأُحِلَّتْ لَكُمُ الْأَنْعَامُ إِلَّا مَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ ۖ فَاجْتَنِبُوا الرِّجْسَ مِنَ الْأَوْثَانِ وَاجْتَنِبُوا قَوْلَ الزُّورِ 30
Tarjima:
Ana shunday. Kim Alloh harom qilgan narsalarga rioya qilsa, bas, bu Robbi huzurida uning o`zi uchun yaxshidir. Va sizlarga (kelajakda) tilovat qilinadiganlardan boshqa chorva hayvonlari halol qilindi. Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq bo`ling va yolg`on so`zdan yiroq bo`ling. Al-Hajj 22:30
Tafsir:
Soch va tirnoqlarni olib, kirlardan tozalanib, ehromdan chiqish hamda boʻyningizdagi vazifalarni ado etib, Uyni tavof qilish kabi ishlar Alloh buyurgan ishlardir. Alloh buyurgan ishlarga rioya qilinglar, ularni ulugʻ bilinglar. Kim Alloh belgilab qoʻygan hadlarni ulugʻ bilib, U Zotning taqiqlaridan tiyilsa, bu dunyoda ham, oxiratda Parvardigori huzurida turganida ham oʻziga yaxshi boʻladi. Mushriklar bahiyrani, yani, malum miqdorda bola koʻrganidan keyin qulogʻi kesilgan tuyani, soibani, yani, malum yoshga yetganidan keyin sanamlariga tashlab berilgan tuyani, vasiylani, yani, urgʻochidan keyin urgʻochi tugʻavergan tuyani, homiyni, yani, pushtidan malum miqdorda boʻtaloq tugʻilgan erkak tuyani oʻzlariga oʻzlari harom qilib olib, ularni Alloh harom qilgan, deya Allohga boʻhton qiladilar. "Moida" surasining 103-oyatida bu haqda aytib oʻtilgan. Bu oyatda ana shunga javoban aytilyaptiki, ey odamlar, sizlarga tuya, sigir, qoʻy kabi chorva hayvonlari halol qilindi. Ulardan birontasi ham, homiy ham, bahiyra ham, vasiyla ham harom qilinmagan. Faqat Quronda aytib oʻtilgan oʻlimtik, qon va hokazolargina harom qilingan, xolos. Bas, butlar kabi najasdan yiroq boʻlinglar va Allohga qarshi aytilgan har qanday nohaq, yolgʻon gapdan yiroq boʻlinglar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Hajj • Oyat 29 Keyingi Al-Hajj • Oyat 31