Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Hajj — Oyat 29 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Hajj • Oyat 78 dan 29 • Oʻzbekcha


ثُمَّ لْيَقْضُوا تَفَثَهُمْ وَلْيُوفُوا نُذُورَهُمْ وَلْيَطَّوَّفُوا بِالْبَيْتِ الْعَتِيقِ 29
Tarjima:
So`ngra o`zlaridagi kirlarni ketkazsinlar, nazrlariga vafo qilsinlar va «qadimgi uy»ni tavof qilsinlar», deganimizni esla. Al-Hajj 22:29
Tafsir:
Keyin qolgan haj ibodatlarini qilsinlar. Undan soʻng soch, tirnoqlarini olib, ehrom tufayli toʻplanib qolgan kirlarni yuvib, ehromdan chiqsinlar. Soʻngra esa haj, umra, qurbonlik kabi gardanlaridagi vazifalarni bajarib, Baytul-atiqni ifoza tavofi qilsinlar. "Baytul-atiq" iborasi "eski uy" degan manoni anglatadi. "Atiq" soʻzi "ozod qilingan", degan manoni ham bildiradi. Shunga koʻra, bu ibora "ozod qilingan uy" manosini ham anglataveradi. Zero, Alloh bu Uyni zolimlardan, zoʻravonlardan ozod etgan.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Hajj • Oyat 28 Keyingi Al-Hajj • Oyat 30