Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Hajj — Oyat 36 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Hajj • Oyat 78 dan 36 • Oʻzbekcha


وَالْبُدْنَ جَعَلْنَاهَا لَكُمْ مِنْ شَعَائِرِ اللَّهِ لَكُمْ فِيهَا خَيْرٌ ۖ فَاذْكُرُوا اسْمَ اللَّهِ عَلَيْهَا صَوَافَّ ۖ فَإِذَا وَجَبَتْ جُنُوبُهَا فَكُلُوا مِنْهَا وَأَطْعِمُوا الْقَانِعَ وَالْمُعْتَرَّ ۚ كَذَٰلِكَ سَخَّرْنَاهَا لَكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ 36
Tarjima:
Va tuyalarni siz uchun Allohning nishonlaridan qildik. Ularda sizga yaxshilik bor. Ularga old oyoqlaridan biri bog`liq turgan holida Allohning nomini zikr qiling. Yonlari yerga tekkanida esa, bas, ulardan yeng va qanoatli va tilangan kambag`allarni ham taomlantiring. Shunday qilib, Biz ularni sizga bo`yinsundirib qo`ydik. Shoyadki, shukr qilsangiz. Al-Hajj 22:36
Tafsir:
Baytullohga qurbonlik uchun kelayotgan tuya-mollarda sizlar uchun diniy va dunyoviy manfaatlar bor. Ular dinning belgilaridandir. Bas, ularni tik holatida soʻyayotib, oldi oyoqlaridan birini bogʻlagan paytingizda "Bismillah", denglar. Soʻyib boʻlganingizdan keyin yoniga yiqilgach, undan oʻzinglar ham tanovul qilinglar hamda soʻrashni oʻziga ep koʻrmaydigan qanoatli odamga ham, kambagʻal tilanchiga ham beringlar. Biz ularni sizlarga boʻysundirib qoʻydik. Ularni minasizlar va ularga yuk ortasizlar. Shoyadki, shu bergan nemati uchun Allohga shukr qilsangizlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Hajj • Oyat 35 Keyingi Al-Hajj • Oyat 37