Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Hajj — Oyat 37 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Hajj • Oyat 78 dan 37 • Oʻzbekcha


لَنْ يَنَالَ اللَّهَ لُحُومُهَا وَلَا دِمَاؤُهَا وَلَٰكِنْ يَنَالُهُ التَّقْوَىٰ مِنْكُمْ ۚ كَذَٰلِكَ سَخَّرَهَا لَكُمْ لِتُكَبِّرُوا اللَّهَ عَلَىٰ مَا هَدَاكُمْ ۗ وَبَشِّرِ الْمُحْسِنِينَ 37
Tarjima:
Ularning go`shtlari ham, qonlari ham zinhor Allohga yetmas. Lekin Unga sizdan taqvo yetadir. Shunday qilib, sizni hidoyat qilgani evaziga Allohga takbir aytishingiz uchun ularni sizga bo`yinsundirib qo`ydi. Yaxshilik qilguvchilarga bashorat ber. Al-Hajj 22:37
Tafsir:
Bu qilayotgan qurbonliklaringizning goʻshtlari ham, qonlari ham Allohga yetib bormaydi. Lekin shu ishlaringizda qilgan taqvoyingiz, yani, U Zotga yaqin boʻlish uchun bu ishlarni ixlos bilan bajarishingiz yetib boradi. Shunday qilib Alloh ularni sizlarga boʻysundirib qoʻydi. Toki, haqni topib olishingizda Alloh sizlarga tavfiq bergani uchun U Zotga takbir ayting, shukr qiling. Ey Paygʻambar, Parvardigorlariga ibodat qilishda ham, U Zot yaratgan maxluqotlar bilan muomala qilishda ham ishni puxta bajaradigan zotlarga xursandlik xabarini bering.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Hajj • Oyat 36 Keyingi Al-Hajj • Oyat 38