Sizlarni tiriltirgan, keyin o`ldiradigan, so`ngra (qayta) tiriltiradigan ham Uning O`zidir. Albatta, inson o`ta noshukrdir. Haj 22:66 ⧉
Tafsir:
Dastlab sizlarni yoʻqdan bor qilgan ham, ajalingiz yetganidan keyin oʻldiradigan ham, keyin yana qilgan ishlaringizga yarasha hisob-kitob qilish uchun qayta tiriltiradigan ham Allohdir. Inson Allohning nematlariga koʻp nonkoʻrliklar qilib, U Zotdan boshqani oʻziga mabud qilib oladi.