Alloh yerdagi narsalarni, dengizda O`z izni ila yuradigan kemani sizlarga bo`ysundirib qo`yganini hamda osmonni iznisiz yerga tushishdan tutib turishini ko`rmadingizmi?! Albatta, Alloh odamlarga shafqatli va mehribondir. Al-Hajj 22:65 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Alloh zamindagi narsalarni sizning va odamlarning ehtiyojlari, manfaatlariga boʻysundirib berganini, U Zotning amri bilan dengizda suzib, shahardan shaharga qatnaydigan kemalarni boʻysundirib berganini, osmonni yerga qulab tushmasligi uchun tutib turishini, u faqat Allohning izni bilangina qulashi mumkinligini koʻrmadingizmi? Alloh odamlarga Mehribon, Rahmli Zotdirki, ular shuncha zulm qilsalar ham ularga shuncha narsalarni boʻysundirib bergan.