Nahotki ular bu so`zni tadabbur qilib ko`rmadilar? Yoki ularga avvalgi ota-bobolariga kelmagan narsa kelibdimi? Mo‘minun 23:68 ⧉
Tafsir:
Anavi mushriklar Quron oyatlarini tadabbur aylab, ularga amal qilib, iymonga kelsalar boʻlmasmidi?! Yoki ularga ilgari oʻtgan ota-bobolariga kelmagan narsa keldimiki, undan yuz oʻgirsalar, uni yolgʻonga chiqarsalar.