Yoki o`z Payg`ambarlarini tanimasdan ular unga inkor qilguvchi bo`lmoqdalarmi? Mo‘minun 23:69 ⧉
Tafsir:
Yoki ular Alloh paygʻambar qilib yuborgan Muhammad alayhissalomni tanimasmidilarki, uni inkor etsalar? Aslo! Ular Paygʻambar alayhissalomning oʻzini ham, hech qachon xiyonat qilmasligini ham, har doim rost soʻzlashini ham juda yaxshi bilardilar.