Alloh sizga oyatlarni bayon qilur. Va Alloh o`ta bilguvchi, o`ta hikmatli Zotdir. Nur 24:18 ⧉
Tafsir:
Alloh sizlarga Oʻzining hukmlari va koʻrsatmalarini bayon qilguvchi oyatlarni ochiqlab beradi. Alloh sizlarning qilayotgan ishlaringizdan Xabardor Zotdir. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmaydi. Yaqinda sizlarni amallaringizga yarasha taqdirlaydi. U Oʻz tadbiri va shariatlashtirishida yetuk hikmat bilan ish qiladigan Zotdir.