Albatta, iymon keltirganlar ichida fohisha tarqalishini yaxshi ko`radiganlarga bu dunyoyu oxiratda alamli azob bordir. Alloh biladir, sizlar bilmassizlar. Nur 24:19 ⧉
Tafsir:
Moʻminlar orasida fohishalikda ayblash, tuhmat qilish kabi yomon ishlar keng yoyilishini istaydigan badbaxtlar uchun bu dunyoda ham, u dunyoda ham alamli azob bordir. Bu dunyoda ularga tuhmat qilish hadi uriladi. Oxiratda esa doʻzax oʻtida yonadilar. Alloh ularning yolgʻon gapirayotganlarini ham, bandalariga nima foydali ekanini ham biladi. Sizlar esa bilmaysizlar.