Maskan bo`lmagan, siz uchun foyda bor uylarga (iznsiz) kirishingizda gunoh yo`qdir. Alloh nimani oshkor qilayotganingizni va nimani yashirin qilayotganingizni biladir. Nur 24:29 ⧉
Tafsir:
Aynan bir odamniki boʻlmagan, hamma foydalanishi uchun qurib qoʻyilgan idoralar, doʻkonlar kabi umumiy uylarga izn soʻramasdan kirsangizlar ham boʻlaveradi. Alloh oshkora qilayotgan ishlaringizni ham, yashirin qilayotgan ishlaringizni ham biladi. U Zotdan biron narsa yashirin qola olmas. Yaqinda qilgan amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.