Sen mo`minlarga ayt, ko`zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir. An-Nur 24:30 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, moʻminlarga aytingki, koʻzlarini nomahramlarga qarashdan tiysinlar, avratlarini haromga borib qolishdan saqlasinlar. Mana shu Alloh nazdida sizlar uchun pokroqdir. Alloh ularning qilayotgan hunarlaridan xabardordir. Biron narsa U Zotdan yashirin boʻla olmas. Yaqinda ularga amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini berur.